Madridning “Real” klubi darvozaboni Andrey Lunin jurnalistlar bilan suhbatda kimni futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb bilishini aytdi.
Marca nashrining xabar berishicha, ukrainalik darvozabon "qirollik klubi"ning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronalduga ovoz bergan.
Eslatib o'tamiz, portugaliyalik forvard 2009 yildan 2018 yilgacha Ispaniya jamoasi sharafini himoya qilgan.
Hozirda 39 yoshli hujumchi Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi futbolchisi hisoblanadi. O'tgan mavsumda u jamoaning eng yaxshi to'purariga aylandi.