Ukraina terma jamoasi darvozaboni Andrey Lunin jamoaning Evro-2024dagi o'yini haqida gapirdi.
"Avvaliga mart oyida saralash pley-offidan o'tishimiz kerak edi va biz buni uddaladik. Biz odamlarga turnirning final bosqichining pley-off bosqichiga chiqish quvonchini ulashmoqchi edik.
Bunday bo'lmaganidan juda afsusdamiz, chunki ikkinchi va uchinchi o'yinlarda ko'rsatgan futbolimiz bilan biz ko'proq narsaga loyiq edik", - deya Luninning so'zlarini keltiradi Marca.
Ukraina o'z kvartetida to'rt ochko jamg'arib, guruhdan chiqa olmadi.