Madridning “Real” klubi “Lill”ning markaziy himoyachi Leni Yoro haqidagi hozirgi iltimosini qanoatlantirmoqchi emas. Frantsuz klubi ehtimoliy bonuslarni hisobga olgan holda 18 yoshli vunderkindni sotishdan taxminan 50 million evro ishlab olishni kutmoqda.
Relevo xabariga ko'ra, "Real" bu summani to'lamaydi. Tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda. Leni Yoroning "Lill" bilan shartnomasi kelasi yili tugaydi.
Yaqinda malum bo'ldiki, "Manchester Yunayted" frantsiyalik futbolchi uchun "Real"dan ko'ra ko'proq pul taklif qilishga tayyor, ammo futbolchi baribir "Los-Blankos"da o'ynashni orzu qiladi.