Madridning "Real" klubi va Ukraina terma jamoasi darvozaboni Andrey Lunin madridliklar darvozabonlari o'rtasidagi raqobat haqida gapirdi.
"Yakunda murabbiy bir qarorga keldi va men yana ikkinchi darvozabon bo'lishimga to'g'ri keldi. Men ishlashim va yana kutishim kerak edi. Xotinim menga har doim ruhiy jihatdan katta yordam beradi, shuning uchun Kepa jarohat olganida men tayyor edim. Keyin men bilan katta ishlarni qilish mumkinligini, katta yutuqlarga tayyor ekanligimni ko'rsatishga harakat qildim.
"Real" hammaga ruhiy jihatdan talabchan. Kurtua bilan bog'liq muammolar bo'lganida men zaxira darvozabon bo'lishga va o'ynashga tayyorgarlik ko'rayotgandim, lekin u jarohat olganida bu eng yomon stsenariy edi. Bu dahshatli edi, chunki Kurtua meni doim qo'llab-quvvatlagan va dalda bergan. Keyin men ham uni qo'llab-quvvatladim, chunki u bunga loyiq edi", - dedi Lunin Marca nashriga bergan intervyusida.
Lunin 2023/24 yilgi mavsumda “Real” safida 31 ta o'yinda maydonga tushib, 32 ta gol o'tkazib yuborgan va 12 ta o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.