O'tgan oy oxirida "Manchester Yunayted" bilan shartnoma muddati tugagan Antoni Marsyal kelajagi borasida hali bir qarorga kelmagan.
Jurnalist Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarida xabar berishicha, Premer-liganing bir qancha klublari 28 yoshli forvardni o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lgan, biroq futbolchi ularning takliflarini ko'rib chiqmagan.
Qayd etilishicha, Marsyal "Beshiktosh" va "Komo" klublarining qiziqishlari ro'yxatida ham bo'lgan.