Darvozabon Andrey Lunin "Real"dagi kelajagi haqida gapirdi.
- Keyingi mavsumda Madridda qolasizmi?
- Ko'ramiz... Tez orada bilib olamiz.
- Qolishni xohlaysizmi?
- Albatta, lekin... Faqat shuni aytishim mumkin: hammasi yaxshi edi... Hozir esa hammasi Madridning qo'lida. Kelajagim haqida aytishim mumkin bo'lgan narsa shu.
- "Hammasi Madridning qo'lida" deganingizda nimani nazarda tutasiz?
- Men aytmoqchi bo'lganimni aytdim. Tez orada... Nima bo'lishini bilmayman. Mavsum oldidan 15 iyulda boshlayman, lekin keyinroq qaytishim mumkin. Lekin men mavsum oldidan birinchi kundanoq jamoa bilan birga bo'lishni xohlayman, chunki bu mening xohishim. Agar men bu erda bo'lishni istamaganimda, butun ta'tildan foydalangan bo'lardim, lekin ertaroq qaytmoqchiman, chunki men dunyoning eng yaxshi jamoasidaman", - dedi Lunin Marca bilan suhbatda.