Jud Bellingem Evropa chempionatidan so'ng elkasini operatsiya qilishi mumkin.
Relevo nashri xabariga ko'ra, "Real Madrid" va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi o'tgan yilning noyabrida "Rayo Valekano" bilan La Liga o'yinida yuzaga kelgan vaziyatdan keyin hamon noqulaylikni boshdan kechirmoqda - Bellingemning og'rig'i hali ham ketmagan.
Klub ilgari jarrohlik aralashuvni ko'rib chiqdi, ammo konservativ davolanishni tanladi.
Qayd etilishicha, klub va futbolchi jarrohlik amaliyotidan qochishga umid qilmoqda, biroq Bellingem ayni damda noqulaylik tufayli og'riq qoldiruvchi vositalar bilan o'ynashga majbur, shuningdek, jarohatni yomonlashtirmaslik uchun himoya vositalaridan foydalanishga majbur.
Bellingem Evro-2024dan keyin tibbiy ko'rikdan o'tishi kutilmoqda, shundan so'ng "Real" ehtimoliy operatsiya haqida qaror qabul qiladi. Jarrohlik bo'lsa, Judning tiklanishi kamida 2 oy davom etadi.