Madridning «Real» klubida «Chelsi»dan ijara asosida harakat qilgan Kepa Arrisabalaga jamoada qolishga tayyor.
Mario Kortexana xabariga ko'ra, agarda jamoadan Andrey Lunin ketsa, "qirollik klubi" rahbariyati Kepani olib qolishni o'ylamoqda.
Avvalroq ispaniyalik 29 yoshli darvozabon uchun «Al-Ittihod» taklif bilan chiqqani ma'lum bo'lgandi.