La Liga rahbari Xaver Tebas «Barselona»ning maoshlarni kamaytirishdagi muvaffaqiyatini baholadi va kataloniyaliklarning xarajatlarini «Real» bilan solishtirdi.
«Bir muhim fakt bor. Uch yil avval «Barselona»da asosiy jamoaning maoshi 650 million evroni tashkil qilgan bo'lsa, bugungi kunda ular 450 million evroga etib, 200 million evroga kamaygan. Bunday jamoa uchun bu allaqachon yaxshi ko'rsatkich. Ular maosh bo'yicha «Real Madrid» darajasida, ammo madridliklar ko'p yillar davomida o'z vazifalarini a'lo darajada bajarib kelmoqda va shuning uchun ular yangi o'yinchilarni jalb qilmoqda», - deya Tebas so'zlarini keltirmoqda "Marca" internet nashri.