Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde Germaniyaning sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos faoliyatini yakunlagani haqidagi his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.
«Futbol ishqibozi va Kroosning muxlisi sifatida uning so'nggi o'yinidan xafa bo'ldim. Ammo, biz tomoshabin sifatida Evroning eng yaxshilaridan biri bo'lgan Ispaniyaning keyingi bosqichga chiqqanini ko'rdik. Keyin nima bo'ladi? Eng kuchlisi g'alaba qozonsin», - deya Valverde so'zlarini keltirmoqda "Marca".