Braziliyaning “Palmeyras” klubining 17 yoshli futbolchisi, shu yozda “Real Madrid”ga o'tadigan Endrik 2024 yilgi Amerika kubogi 1/4 finalda Urugvay bilan o'yinda uchralgan mag'lubiyatdan so'ng "Qirollik klubi" haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Ha, men allaqachon "Real" haqida o'ylayapman. Hozir gapirish juda qiyin, chunki, afsuski, biz musobaqadan chetda qoldik, ammo endi mening e'tiborim faqat Madrid haqida", - dedi Endrik Marca bilan suhbatda.
Bugun Endrik Braziliya terma jamoasi safida to'liq o'yin o'tkazdi, ammo samarali o'yin ko'rsata olmadi.
Eslatib o'tamiz, yozda Endrik 45 million evro evaziga "Real"ga o'tadi. Endrik "Palmeyras" tarbiyalanuvchisi.