Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Rasman. Bellingem bir o'yinga, Demiral esa ikki o'yinga chetlatildi

Jud Bellingem Sloveniyaga qarshi o'yindagi nomaqbul xatti-harakatlari uchun jarimaga tortildi va bir o'yinga chetlatildi.

.
- Yuklab olish

Jud Bellingem Sloveniyaga qarshi o'yindagi nomaqbul xatti-harakatlari uchun jarimaga tortildi va bir o'yinga chetlatildi. Turkiya futbolchisi esa ikki o'yinga chetlatildi.

Angliya terma jamoasi Evro—2024 1/8 finalida Sloveniya termasini ekstra taymlarda (2:1) mag'lub etdi.

O'yinning 95-daqiqasida inglizlar yarim himoyachisi Jud Bellingem hisobni tenglashtirdi. “Real Madrid” futbolchisi goldan so'ng nomaqbul harakat qilib golni nishonladi. U buni yaqin do'stlarga nisbatan hazil ishora ekanligini ta'kidlagan edi.

UEFA Bellingemni 30 ming evro jarimaga tortdi va uni bir yillik sinov muddati bilan bitta o'yinga diskvalifikatsiya qildi. Chetlatish darhol amalga oshirilmaydi va ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab bir (1) yil sinov muddati beriladi.

Shu tariqa, Jud turnirning chorak finalida Shveytsariya termasiga qarshi o'yinda ishtirok etishi mumkin bo'ladi.

Bundan tashqari tashkilot Demiralni 2 ta o'yinga diskvalifikatsiya qildi.

Turkiya terma jamoasi Demiralning dubli evaziga Avstriyani mag'lub etib (2:1) Evro—2024 chorak finaliga chiqqan edi. Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” jamoasi sharafini himoya qilayotgan himoyachi Avstriyada taqiqlangan “kulrang bo'ri” ishorasi bilan jamoaning keyingi bosqichga chiqqanini nishonladi.

Avvalroq UEFA ushbu epizod bo'yicha tergov boshlaganini ma'lum qilgan edi.

Futbolchi “umumiy xulq-atvor tamoyillariga rioya qilmagani, munosib xulq-atvorning asosiy qoidalarini buzgani va sport tadbirlaridan sportga xos bo'lmagan ko'rinishlar uchun foydalangani va futbol obro'siga putur etkazgani uchun” diskvalifikatsiya qilindi.

BestMaster
5 Iyul 2024, 18:00
rasman, bellingem, oyinga, demiral, ikki, oyinga, chetlatildi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads