Madridning “Real” klubi Karlo Anchelottining ikki yordamchisi bilan yangi shartnoma imzoladi.
Gap Antonio Pintus va Luis Lopis haqida ketmoqda.
Antonio fitnes bo'yicha murabbiy sifatidagi faoliyati bilan mashhur bo'lsa, ikkinchisi taktik jihatlarga javob beradi va darvozabonlar murabbiyi sifatida ham ishlaydi.
Marca xabariga ko'ra, har ikki mutaxassis ham mehnat shartnomalarini uzaytirgan va "Los Blankos" manfaati uchun ishlashda davom etadi.