Madridning “Real” klubi markaziy hujumchisi Alvaro Rodriges faoliyatini boshqa ispan klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Todofichajes portali xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 19 yoshli urugvaylik futbolchining xizmatlariga "Xetafe" qiziqmoqda. Transfer joriy transfer oynasida amalga oshirilishi mumkin. Rodrigesning transfer narxi 3,5 million evroga baholanmoqda.
Alvaro va "Qirollik klubi" o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. 2023/2024 yilgi mavsumda hujumchi "Real Madrid"ning ikkinchi jamoasida o'ynagan. Alvaro 11 uchrashuvda qatnashib, 6 ta gol urgan.