Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Nikolas Paz yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Jurnalist Xose Feliks Diasning so'zlariga ko'ra, 19 yoshli futbolchi kelajagi haqida so'roqda.
Manbaga ko'ra, Paz kelgusi mavsumda ham jamoada qolishi kerakligiga shubha qilmoqda. O'tgan mavsumda argentinalik futbolchi "Real"ning asosiy jamoasi safida bor-yo'g'i sakkizta o'yinda qatnashib, bitta gol urgan.
Pazning "Los-Blankos" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.