Dani Sebalos "Real"dan ketmoqchi.
27 yoshli yarim himoyachi shu yozda Madrid klubini tark etish niyatida, deb xabar beradi The Athletic nashri. Unga bir qancha jamoalar qiziqish bildirmoqda, bu haqda "Real" biladi.
Madridliklar yarim himoyachining ehtimoliy transferi bo'yicha muzokaralarda yon bermaydilar va uning maoshi boshqa ko'pchilik ispan klublari imkoniyatlaridan ham ko'p, deb hisoblamoqda. Danining o'zi faoliyatini La Ligada davom ettirmoqchi.
Agar Sebalos ketsa, "Los Blankos" yangi yarim himoyachilar bilan shartnoma imzolamaydi, balki asosiy jamoaga Mario Martin yoki Niko Pasni o'tkazadi.