"Real"ning 25 yoshli ukrainalik darvozaboni Andrey Luninga Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda. Klub bosh murabbiyi Mikel Arteta shaxsan futbolchini o'z jamoasida ko'rishni istamoqda. Bu haqda El Nacional yozmoqda.
Ukraina terma jamoasining 25 yoshli posboniga "Arsenal" anchadan beri qiziqish bildirmoqda. Manbaning xabariga ko'ra, "Real" Andreyni 25 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.
"Arsenal" o'tgan mavsumda APL turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egalladi. Ukrainalik darvozabonning "Real" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Lunin barcha turnirlarda 32ta o'yinda qatnashgan va shundan 12tasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Transfermarkt portali uni 25 million evroga baholagan.