Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Toni Kroos "Real" futbolchisi sifatidagi so'nggi kuni munosabati bilan post chop etdi. Bugun, 1 iyul kuni uning "Qirollik klubi" bilan shartnomasi rasman yakuniga etdi.
"1-rasmda 2-rasmning etishmayotgan qismi ko'rsatilgan! "Real Madrid" futbolchisi sifatida oxirgi kunim. Men o'zimni g'alati his qilyapman, lekin men har doim sizlarning biringgiz bo'laman. Abadiy minnatdorman", - deb yozdi 34 yoshli futbolchi o'zining ijtimoiy tarmog'ida kuboklar bilan suratni ilova qilib.
Kroosning so'nggi klubi "Real Madrid" bo'lib, u 2014 yilda "Bavariya"dan ko'chib o'tgan edi. Bu davrda Kroos barcha turnirlarda 464 ta uchrashuvda qatnashib, 28 ta gol va 98 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Los-Blankos" tarkibida futbolchi to'rt marta Chempionlar ligasida g'olib chiqdi, to'rt marta Ispaniya chempioni unvonini qo'lga kiritdi va to'rt marta Evropa Superkubogini qo'lga kiritdi.