2024-yilgi Evropa chempionatidagi o'yinini yakunlagan darvozabon Andrey Lunin va yarim himoyachi Luka Modrich iyul oyi o'rtalarida “Real”ga qaytadi.
Bu haqda AS xabar bermoqda. Manbaga ko'ra, Karlo Anchelotti boshchiligidagi "qirollik" klubi murabbiylar shtabi Lunin va Modrichni Amerika turnesiga olib ketmoqchi, u erda jamoa kelasi mavsumga tayyorgarlik ko'radi. O'yinchilar qo'shimcha dam olishmaydi.