Madridning «Real» klubi va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Daniel Karvaxal kelajagi haqida gapirdi. Tajribali futbolchining fikricha, «Real»dan keyin u Evropada boshqa jamoalarda o'ynamaydi.
«Klubni tark etishim kerak bo'lgan kuni vaziyatimni baholayman. Lekin men Evropaning boshqa klubiga o'tmayman, bunga kafolat beraman», - dedi Karvaxal.
Daniel Karvaxal hozir 32 yoshda va uning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.