Ukraina terma jamoasi va Madridning “Real” klubi darvozaboni Andrey Lunin Frantsiya chempionatiga o'tishi mumkin. Bu haqda Defensa Central nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, ukrainalik darvozabon "PSJ" qiziqish doirasiga tushib qolgan. Lunin belgiyalik Tibo Kurtua soyasida qolishni istamayapti va o'zining klubini o'zgartirish haqida o'ylamoqda.
Uning transfer narxi 25 million evroga baholangan va shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi.
Eslatib o'tamiz, yozgi transferlar vaqtida parijliklar safiga rossiyalik Matvey Safonov kelib qo'shilgandi. Darvozabonning transferi Frantsiya top-klubiga 20 million evroga tushdi.