FourFourTwo portali jurnalistlari futbol tarixidagi eng yaxshi ispan himoyachilari nomini e'lon qildi.
Ushbu reytingda birinchi o'rinni "Real"ning sobiq futbolchisi Serxio Ramos egalladi. Ikkinchi o'rinni "Barselona"ning sobiq futbolchisi Karles Puyol, uchinchi o'rin esa yana bir sobiq "ko'k-anorranglilar" himoyachisi Jerar Pikega nasib etdi.
Kuchli o'ntalikka shuningdek: Fernando Yerro, Jordi Alba, Xose Antonio Kamacho, Xoan Kapdevila, Dani Karvaxal, Manolo Sanches va Migel Anxel Nadal kirdi.
O'tgan mavsumda Ramos "Sevilya"da o'ynadi. 38 yoshli himoyachi Ispaniya chempionatining 28 uchrashuvida ishtirok etib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Serxioda ettita sariq va bitta qizil kartochka bor.