Madridning “Real” klubi sobiq futbolchisi Guti Gruziya terma jamoasi va “Napoli” klubi vingeri Xvicha Kvaratsxeliya haqida gapirdi.
"Men undan g'azabdaman. Biz u bilan gaplashdik va u menga futbolkasini yuborishga va'da berdi. Lekin u hali ham kelmadi. Evro chempionatida men uning Gruziya terma jamoasi tarkibidagi futbolkalaridan birini olishni istardim", - dedi Guti El Chiringuito TV bilan suhbatda.
Xvicha Gruziya terma jamoasi bilan birgalikda 2024 yilgi Evropa chempionati 1/8 finaliga yo'l oldi. Villi Sanolya shogirdlarining navbatdagi raqibi Ispaniya terma jamoasi bo'ladi. Uchrashuv 30 iyun, yakshanba kuni bo'lib o'tadi.