"Real" himoyachisi Rafael Varan "Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan bilan munosabatlari haqida gapirdi.
"Zidan menga ko'p narsa berdi. U meni xotirjamlikka berilishimga yo'l qo'ymadi. Har doim ter to'kib ishlashni o'rgatdi.
Mening o'z o'yin uslubim bor. Odamlar meni tanqid qilishi mumkin, ammo kuchli taraflarimni namoyish etishga hapakat qilaman. Hozir 24 yoshdaman, asta-sekin tajriba to'playapman. Men o'yinimni yaxshilab boryapman" - dedi frantsuz.