Madridning “Real” klubi yozda “Bavariya” himoyachisi Alfonso Devisni sotib olmoqchi.
Diario AS xabariga ko'ra, "Los Blankos" rahbariyati 23 yoshli futbolchi uchun taxminan 30 million evro taklif qilgan, biroq nemis grandi rad javobini bergan.
Qayd etilishicha, “Bavariya” kanadalik himoyachini sotishdan kamida 50 million evro ishlab olmoqchi.
Devis so'nggi mavsumda 44 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.