Madridning "Real" klubi markaziy hujumchisi Xoselu Qatar chempionatida foydali shartnomaga ega bo'ladi, uning xizmatlariga "Al-Garafa" qiziqish bildirmoqda.
Todofichajes jurnalistlarining xabar berishicha, "qirollik" klubi rahbariyati "Espanol"dan 34 yoshli hujumchini sotib oladi, keyin esa Qatarga sotadi.
Xoselu "Al-Garafa" bilan 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladigan uch yillik mehnat shartnomasini imzolaydi. Futbolchining maoshi sakkiz million evroni tashkil qiladi, bu uning "Real"dagi hozirgi maoshidan o'n barobar ko'p.
O'tgan mavsumda Xoselu La Ligada 34 ta o'yinda ishtirok etib, o'nta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan.