"Real Madrid" bir vaqtning o'zida ikkita yosh o'yinchi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Gap "Lill"ning 18 yoshli markaziy himoyachisi Leni Yoro va "River Pleyt"ning 16 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Franko Mastantuono haqida ketmoqda.
Cadena SER xabariga ko'ra, har ikki futbolchi ham "Real Madrid"ga o'tishga qaror qilishgan, garchi ularga boshqa Evropa gigantlari ham qiziqish bildirishgan edi.
"Real Madrid" hozircha har ikki futbolchining klublari bilan kelishuvga erishgani yo'q. Yoroning transfer narxi 50 million evro atrofida bo'lishi mumkin, Mastantuono masalasida esa madridliklar 40 million evrodan ko'proq pul to'lashi kutilmoqda.