Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga jamoani erkin agent sifatida tark etayotgan jamoa sardori Nacho Fernandes bilan xayrlashdi.
"Bu yigitning faqat bitta klubi bor. U mening sardorim va hamma uchun namuna. Siz bilan bir jamoada o'ynash men uchun baxt edi. Sizga va oilangizga eng yaxshi tilaklarimni tilayman", — deb yozdi Kamavinga ijtimoiy tarmoqlarida.
Eslatib o'tamiz, Nacho butun faoliyati davomida "Real"da o'ynagan. Ispaniya terma jamoasi futbolchisi "Qirollik klubi" tarkibida 6 marta Chempionlar ligasida g'olib chiqishga muvaffaq bo'ldi. Nachoning yangi klubi Saudiya Arabistonining "Al-Qadisiya" klubi bo'ladi.