Seshanba kuni "Real Madrid" himoyachi Nacho jamoani tark etganini e'lon qildi. Futbolchi tez orada Saudiya klubi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. "Los Blancos" prezidenti Florentino Peres Nachoning ketishiga izoh berdi.
"Nacho bolaligida yoshlar akademiyamizga o'qishga kirganidan beri u qanday qilib yuksalish borasida hammaga o'rnak bo'lib kelmoqda. U klubning barcha muxlislari tomonidan sevgi, e'tirof va hayratga sazovor bo'ldi. "Real Madrid" har doim uning uyi bo'lgan va shunday bo'lib qoladi", - deya Peres so'zlarini keltiradi klub sayti.
Nacho futbolchilik faoliyati davomida hali “Real”dan tashqari boshqa klublarda o'ynamagan.