Madridning “Real” klubi yangi hujumchi Kilian Mbappening rasmiy taqdimoti to'xtatilishi mumkinligidan xavotirda emas, chunki futbolchi Evro-2024 guruh bosqichining 1-turida Avstriyaga qarshi o'yinda (0:1) va burnini sindirib olgan. Frantsiya terma jamoasining turnirdagi o'yinlaridan so'ng, unga jarrohlik amaliyoti kerak bo'ladi. Bu haqda AS xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, Madrid klubi Mbappening ayni damda burni sinishiga qaramay, taqdimot marosimini o'tkazishga tayyor. "Real Madrid" frantsuz futbolchisining holati marosimga ta'sir qilmaydi, deb hisoblamoqda. Ta'kidlanishicha, Frantsiya terma jamoasi 14 iyul kuni bo'lib o'tadigan Evro-2024 finaliga chiqsa, u holda "Los Blankos" Mbappeni 16 iyul kuni taqdim etadi.