Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Arda Gyuler borasida bir qarorga keldi.
Jurnalist Xose Feliks Diasning xabariga ko'ra, "Qirollik klubi" rahbariyati turkiyalik futbolchini hech qanday holatda sotmaydi. Shuningdek, yarim himoyachi boshqa jamoaga ijaraga o'tmaydi.
Gyulerning xizmatlariga "Liverpul" va Ispaniya La Ligasining ayrim klublari qiziqish bildirayotgani avvalroq xabar qilingandi. Arda hujumdagi kuchli raqobatga qaramay "Real Madrid"da qoladi.
Eslatib o'tamiz, 19 yoshli Gyuler turli jarohatlar tufayli debyut mavsumida yanvargacha maydonga tushmagandi. Ispaniya chempionatining 10 ta uchrashuvida yarim himoyachi 6 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.