Madridning "Real" klubi himoyachisi Nacho Fernandes futbolchilik faoliyatida yangi sahifa ochishga tayyorlanmoqda.
Relevo nashri xabariga ko'ra, 34 yoshli futbolchi Saudiya Arabistonining "Al-Qodisiya" klubiga o'tishga yaqin turibdi. Kelasi mavsumda bu jamoa o'z mamlakatining oliy divizionida ishtirok etadi.
Manbaga ko'ra, Nacho va "Al-Qodisiya" o'rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga kirmoqda. Hammasi tez orada "Real Madrid"ning amaldagi sardori mehnat shartnomasini imzolashi tomon ketmoqda.
Nacho erkin agent sifatida "Al-Qodisiya"ga o'tadi - himoyachining amaldagi shartnomasi iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Hozirgacha Nacho faoliyati davomida faqat “Real”da o'ynagan.