"PSJ" rahbariyati "Real" hujumchisi Vinisius Juniorni sotib olishni maqsad qilgan. Bu haqda Tribal Football xabar bermoqda.
Frantsiya chempioni Vinisiusga yillik maoshi 50 million evro bo'lgan besh yillik mehnat shartnomasini taklif qildi. Shartnomada bonus to'lovlari ham ko'rsatilgan. Biroq, Junior parijliklarning taklifini rad etdi, braziliyalik futbolchi "Qirollik klubi"da qolishni istaydi; o'tgan mavsumda Vinisius Ispaniya chempioni va UEFA Chempionlar Ligasi g'olibiga aylandi. Braziliyalik hujumchi "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish favoritlaridan biri hisoblanadi.