Madridning “Real” klubi hujumchisi Xoselu Saudiya Arabistonidan juda saxovatli taklif oldi. Marca xabariga ko'ra, ispaniyalik unga juda katta maosh taklif qilgan mahalliy klubdan bosh tortgan.
Biroq manba aniq raqamlarni keltirmadi. Xoselu raqobat kuchayib borayotganiga qaramay, "Real"da qolishni istaydi. Kelasi mavsumda qirollik klubida Kilian Mbappe va Endrik kabi hujumchilar o'ynaydi.
Xoselu o'tgan mavsumda "Real" bilan Ispaniya chempionligi va Chempionlar ligasida g'olib chiqqandi. Futbolchi barcha turnirlarda 49 uchrashuvda 17 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.