Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Xoselu: "Real"da qolish menga bog'liq emas"

Xoselu "Real Madrid"dagi kelajagi haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.

.
- Yuklab olish

Xoselu "Real Madrid"dagi kelajagi haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.

34 yoshli forvard o'tgan mavsumda Madrid klubiga "Espanol"dan ijara asosida o'tgandi. "Real" 30 iyungacha futbolchini sotib olish yoki sotib olmaslik bo'yicha qaror qabul qilishi kerak.

- Ushbu haftalardagi noaniqlikdan xavotirdamisiz yoki nima qilishni allaqachon hal qildingizmi?

- Aniq emas; ishonchim komil emas. Haqiqat shundaki, bu qiyin vaqt. Kuni kecha intervyuda "Real" qaror qabul qilishi uchun 30 iyungacha vaqt borligini aytdim.

Terma jamoada bularning barchasidan himoyalanasiz, lekin oxirida telefonni ko'tarasiz... Lekin men hech narsa deya olmayman, chunki o'zim ham bilmayman.

- Lekin haqiqatan ham "Real"da qolishingizga shubhangiz bormi?

- Men bunga shubha qilmayman, bu faqat menga bog'liq emas. Bu boshqa odamlarga ham bog'liq. Klub ikki hujumchi (Mbappe va Endrik - muallif) bilan shartnoma imzoladi va shu asosda mavsumni rejalashtiradi.

Umid qilamanki, bu vaziyat hal qilinadi", - deydi “Real” hujumchisi Xoselu.

BestMaster
20 Iyun 2024, 17:00
xoselu, realda, qolish, menga, bogliq, emas,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads