Germaniya terma jamoasi hujumchisi Niklas Fyullkrug yarim himoyachi Jud Bellingem haqidagi savolga javob berdi.
Evro-2024 ning birinchi o'yinida Bellingem Angliyaning Serbiyaga qarshi o'yinida yagona golga mualliflik qildi.
"Bellingem menda qanday taassurot qoldirdi? Qoyil qolmadim (kuladi)" - dedi Fyullkrug.
Eslatib o'tamiz, Germaniya terma jamoasi Evropa chempionatining 1/8 final yo'llanmasini qo'lga kiritgan. Yulian Nagelsmann shogirdlari guruh bosqichidagi so'nggi ikki o'yinda maksimal – olti ochko to'plashga muvaffaq bo'ldi. Uchinchi turda "Bundestim" Shveytsariyaga qarshi o'ynaydi, o'yin 23 iyun kuni bo'lib o'tadi.