Madridning «Real» klubi va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Daniel Karvaxal 2024/2025 yilgi mavsum oxirida «Qirollik klubi»ni tark etishi mumkin. Bu haqda "AS" xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, klub haligacha himoyachi bilan kelasi yilning yozida tugaydigan shartnomani uzaytirgani yo'q, shuning uchun Karvaxal bilan kelishuvga erishilmasa, ehtimoliy variantlarni ko'rib chiqmoqda. Qayd etilishicha, rahbariyat «PSJ»dan marokashlik futbolchini Ashraf Hakimiyni Madrid klubiga qaytarish uchun aloqaga ega. "Los-Blankos" qisqa ro'yxatidagi ikkinchi variant - «Chelsi» sardori Ris Jeyms.
Eslatib o'tamiz, Karvaxal «Real Madrid» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O'tgan mavsumda u klub safida barcha turnirlarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.