Ispaniya prokuraturasi «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduning soliqlardan bo'yin tovlaganligi yuzasidan ochilgan jinoyat ishini sudga oshirishga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Avvalroq, agar 30 iyun kunigacha prokuror unga rasmiy ayblovni e'lon qilmasa, jinoyat ishining muddati o'tib ketgani sababli Ronaldudan barcha ayblovlar olib tashlanishi haqida xabarlar chiqqan edi.
El Confidencial xabariga ko'ra, prokuratura ayblov xulosasini o'z vaqtida topshirishga ulguradi va Ronalduni reklamadan ishlab topgan 150 mln evro mablag'ni offshor kompaniyalar orqali yashirganlikda rasman ayblaydi.