"Real" qanot himoyachisi Dani Karvaxal yaqin kelajakda "qirollik" klubini tark etish niyatida emas. Bu haqda Todofichajes portali xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, 32 yoshli lateral Saudiya Arabistoni chempionatiga o'tishi mumkin, biroq "Real Madrid" manfaati uchun bu variantdan bosh tortgan. Karvaxal "qirollik klubi" bilan shartnomasini 2026 yilning yoziga qadar uzaytirmoqchi. Uning amaldagi shartnomasi 2024/2025 yilgi mavsum oxirida yakuniga etadi.
Ispaniya chempionatining so'nggi mavsumida himoyachi 28 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.