Madridning "Real" klubi ijara muddati tugagan darvozabon Kepa Arrisabalaga kelajagi borasida hukm chiqardi. Jurnalist Mario Kortexananing ma'lumotlariga ko'ra, "qirollik klubi" shu yozda Andrey Lunin jamoani tark etgan taqdirda ham Kepani Londonning "Chelsi"sidan doimiy ravishda sotib olmaydi.
Eslatib o'tamiz, Kepa o'tgan mavsumni "Real Madrid"ning asosiy darvozaboni sifatida boshlagan, ammo kuzda u Andrey Luninga raqobatni boy berib qo'ygandi. "Chelsi"ga qaytganiga qaramay, Arrisabalaga Londonda qolishi dargumon va katta ehtimol bilan faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi.
Bir yil oldin Kepa "Bavariya"ga o'tishi mumkin edi, ammo u "Real" variantini tanladi.