"Real Madrid" va Ukraina terma jamoasi darvozaboni Andrey Lunin "Qirollik klubi"da qolish istagi haqidagi savolga javob berdi.
"Real Madrid"da qolishni istaymanmi? Men hozir jamoam bilan birgaman, 100% bunga e'tibor qaratganman. Undan tashqarida sodir bo'ladigan hamma narsa uchun menda allaqachon agent bor. Ammo hayotda siz hech qachon aniq narsani bilmaysiz. Lekin, albatta, ha, xohlayman", - deya Lunin so'zlarini keltiradi AS.
Avvalroq OAVda Luninning atrofidagilar "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ukrainalik futbolchiga Chempionlar ligasi finalida darvozani ishonib topshirmaganidan norozi ekani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi. Shuningdek, Luninga "Yuventus", "Arsenal" va "Atletiko Madrid" klublari qiziqish bildirayotgani xabar qilingan.