"Bayer" himoyachisi Jeremi Frimpong o'zining navbatdagi klubini tanladi. TodoFichajes xabariga ko'ra, 23 yoshli niderlandiyalik futbolchi o'zining yaqinlariga "Real"ga o'tish istagini aytgan.
Madridda Frimpong o'ng qanotda Daniel Karvaxalning merosxo'ri bo'lishi mumkin. Qayd etilishicha, Frimpong "Barselona"ning qiziqishidan xabardor, ammo u "Real" libosini kiyishni afzal ko'radi.
Jeremi Frimpongning "Bayer" bilan amaldagi shartnomasida 40 million evroga sotib olish imkoniyati mavjud. 2023/2024 yilgi mavsumda Frimpong 47 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va sheriklariga 12 ta golli uzatma berdi.