Ispaniya terma jamoasi o'ng qanot himoyachisi Dani Karvaxal Xorvatiya terma jamoasi sardori bo'lgan jamoadoshi Luka Modrich bilan uchrashishni intiqlik bilan kutmoqda. Eslatib o'tamiz, bugun "qizil furiya" Evro-2024dagi ilk uchrashuvini Xorvatiya terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.
"Umid qilamanki, bu Modrichning kuni bo'lmaydi, lekin u o'zgacha o'yin o'tkazadi. O'yindan keyin uning futbolkasini olishga harakat qilaman", - dedi Karvaxal Madrid Xtra bilan suhbatda.
Modrich va Karvaxal "Real Madrid" bilan birga 6 marta Chempionlar ligasida g'alaba qozongan. 38 yoshli Luka tez orada "Qirollik klubi" bilan shartnomasini yana bir mavsumga uzaytirishi kerak.