Ronaldino "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishga loyiq futbolchi nomini aytdi.
"Vinisius Junior "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishga loyiq", - dedi Braziliya va "Barselona"ning sobiq hujumchisi Ronaldino Cartoloucos kanaliga bergan intervyusida.
O'tgan mavsumda Vinisius Junior "Real" bilan Ispaniya chempioni va Chempionlar Ligasi g'olibiga aylandi. 39 uchrashuvda u 20 gol va 9 golga assistentlik qilgan.