Ispaniyalik darvozabon Kepa Arrizabalaga "Real"da qolishi mumkin. O'tgan mavsumda 29 yoshli futbolchi qirollik klubida ijara asosida o'ynadi.
Klub Andrey Luninning ketishi ehtimoli tufayli Kepa bilan hamkorlikni uzaytirish haqida o'ylamoqda. Ukrainalik futbolchi Tibo Kurtua soyasida qolishni istamayapti va klubini o'zgartirish niyatida. Unga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.
Arrizabalaganing to'liq shartnomasi Londonning “Chelsi” klubiga tegishli. Ispaniya chempionatida o'tgan mavsumda Kepa 14 ta o'yin o'tkazdi.