Madridning “Real” klubi va Frantsiya terma jamoasi himoyachisi Ferland Mendi o'zining qanot himoyachisi sifatidagi o'yinini baholadi.
"O'ylaymanki, men yakkama-yakka vaziyatlarda yaxshiman. Taktik nuqtai nazardan qaraganda, men ko'proq nazoratdan chiqib ketishim kerak. Hujumda o'zimga ko'proq ruxsat bera olaman. Ko'proq orqada bo'lishga o'rganib qolganman" - dedi Mendi.
O'tgan mavsumda Mendi 37 o'yin o'tkazib, bitta gol urgan. 29 yoshli futbolchi 2019 yilning iyul oyida "Lion"dan "Real"ga o'tgan edi.