Angliya futboli afsonasi Alan Shirer Madridning “Real” klubi va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem haqida gapirdi.
“Bellingem ajoyib. Uning rivojlanishi shunchaki ta'sirli. Unda takabburlik bor - yaxshi ma'noda. Top-futbolchi bo'lish uchun sizda shunday narsa bo'lishi kerak va unda shu narsa bor. Biz barchamiz Judning katta iste'dod egasi ekanligini bilardik, lekin uning eng katta klublardan biriga qo'shilgani va unga parkda sayr qilish yoki ko'chada o'ynash kabi munosabatda bo'lgani juda ajoyib" - dedi Shirer Betfair bilan suhbatda.
Angliya terma jamoasi Evro-2024 doirasidagi ilk uchrashuvini 16 iyun, yakshanba kuni Serbiyaga qarshi o'tkazadi.