Yoz boshida "Real Madrid" tarixida 15-marta Chempionlar ligasida g'alaba qozondi. Jamoaning sobiq futbolchisi Garet Beylning fikricha, evrokuboklar soni jamoa uchun yashirin ustunlik hisoblanadi.
"Chempionlar ligasida ko'p g'alaba qozonish finalni osonlashtiradi, siz bosimni his qilmaysiz. 2018 yilgi finaldan keyin “Liverpul”dan Lallana bilan gaplashganimni eslayman. Uning so'zlariga ko'ra, ular tun bo'yi uyg'oq bo'lgan va asabiylashgan. Ammo biz uchun bu navbatdagi final edi. Bu bizga ustunlik beradi", dedi Beyl.
Chempionlar ligasining so'nggi finalida “Real” “Borussiya”ni 2:0 hisobida mag'lub etgandi.