Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ispaniya prokuraturasi Anchelotti uchun 5 yillik qamoq jazosini so'radi

Ispaniya prokuraturasi soliq firibgarligi uchun "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti uchun 5 yil qamoq jazosini talab qilib, dastlabki talabni kuchaytirdi. "Real Madrid" bosh murabbiyi go'yoki offshordagi imij huquqidan tushgan daromadni yashirgan.

.
- Yuklab olish

Ispaniya prokuraturasi soliq firibgarligi uchun "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti uchun 5 yil qamoq jazosini talab qilib, dastlabki talabni kuchaytirdi. "Real Madrid" bosh murabbiyi go'yoki offshordagi imij huquqidan tushgan daromadni yashirgan.

Avvalroq Ispaniya prokuraturasi “Real” bosh murabbiyi imij huquqidan tushgan daromad soliqlarini to'lashdan bo'yin tovlagani uchun 4 yilu 9 oy qamoq jazosini so'ragani xabar qilingandi. Ayblovga ko'ra, Anchelotti 2014-2015 yillar davomida 1 million evrodan ortiq soliqlarni yashirgan.

El Mundo nashri xabariga ko'ra, prokuratura italiyalik murabbiyning jazosini 5 yilga ko'paytirishni so'ragan.

Tergov ma'lumotlariga ko'ra, Anchelotti Virjiniya orollaridagi ofshor kompaniyalari orqali imidj huquqidan tushgan daromadni yashirgan. Vapia Limited kompaniyasi orqali Karlo "Real"dan imij huquqi uchun ikki million evrodan ortiq mablag' oldi. Qolaversa, ayni kompaniya orqali madridliklar ustozi umumiy qiymati 2,5 million evroga teng bir nechta shartnomalarni amalga oshirdi.

Prokurorlarning fikricha, Anchelotti 2014 yilda 386 361,93 evro va 2015 yilda 675 718,76 evro miqdoridagi soliq firibgarligini sodir etgan. Birinchi jinoyat uchun ular 2 yil, ikkinchisi uchun - uch yil qamoq jazosini talab qiladi.

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi himoyasi qayd etishicha, Anchelotti talab qilingan garov pulini allaqachon to'lab bo'lgan, bu hech qanday ayblov hujjatlarida o'z aksini topmagan. Shu munosabat bilan advokatlar prokuraturaning jazoni engillashtirish bo'yicha so'rovlarini zudlik bilan qayta ko'rib chiqishni so'rashadi, chunki Anchelotti allaqachon summaning katta qismini qoplagan.

BestMaster
13 Iyun 2024, 18:00
ispaniya, prokuraturasi, anchelotti, uchun, yillik, qamoq, jazosini, soradi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads