Mashhur murabbiy Luis Felipe Skolari "Oltin to'p"ni oladigan bitta futbolchini tanladi. Braziliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi fikricha, “Real” hujumchisi Vinisius Junior mukofotga loyiq.
“Vinisius haqiqatan ham “Oltin to'p”ga loyiq. Agar ushbu sovrin uchun bitta futbolchini tanlay olsam, Vinisiusni tanlagan bo'lardim", - dedi Skolari Marca bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, Vinisius klub darajasida ajoyib mavsum o'tkazdi. "Real" Ispaniya chempionligi va Chempionlar ligasida g'alaba qozongan, bundan oldin esa Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritgan. Aynan Vinisius endi “Oltin to'p” uchun kurashda favorit sanaladi.